«Yuventus» yangi mavsum uchun uzumzor aks etgan formasini taqdim etdi

«Yuventus» yangi mavsum uchun uzumzor aks etgan formasini taqdim etdi

«Yuventus» klubi 2025/26 yilgi mavsum uchun Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan uchinchi forma to‘plamini taqdim qildi. Bu safargi dizayn Pemontning mashhur uzumzorlari va vinochilik an’analariga asoslangan. Ushbu madaniy meros 2014 yildan YUNЕSKOning butun jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning qadriyatidan klub ilhom olgan.
«Yuventus» yangi mavsum uchun uzumzor aks etgan formasini taqdim etdi
Yangi forma nafis va zamonaviy ko‘rinishda ishlab chiqilgan. Qora, burgundiya va to‘q yashil ranglar uyg‘unligi, shuningdek, uzum tusidan olingan grafik naqshlar futbolkaga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. Dizaynda elegantlik bilan birga, zamonaviylik ham mujassam etilgani aytilmoqda. Bu formani nafaqat stadion tribunalarida, balki shahar ko‘chalarida ham bemalol kiyish mumkin.
«Yuventus» yangi mavsum uchun uzumzor aks etgan formasini taqdim etdi
Komplekt qora shortlar bilan to‘ldirilgan. Ularda klub ramzi, logotip va o‘yinchilar raqamlarida fil suyagi rangidagi jihatlar aks etgan. Shuningdek, uchta to‘q yashil chiziq ham kiritilgan. Obrazni «Yuventus» yozuvi tushirilgan qora getrlar to‘liqlaydi.

Shu tariqa, turinliklar navbatdagi mavsum oldidan muxlislarini yanada ajoyib va madaniy ruhdan ilhomlangan yangi forma bilan xursand qilishdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.