Jek Grilish avgust oyida Premer-liganing eng yaxshisi deb topildi

Jek Grilish avgust oyida Premer-liganing eng yaxshisi deb topildi

Angliyaning mahoratli yarim himoyachisi Jek Grilish Premer-ligada avgust oyi uchun eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi mavsumning dastlabki 3 turida o‘ynagan bahslarida jamoasiga katta yordam berdi. U shiddatli o‘yinlarda jamoadoshlariga 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va “Everton”ning muvaffaqiyatli start olishiga hissa qo‘shdi.

Grilish yozgi transfer davrida “Manchester Siti”dan ijara asosida “Everton” safini to‘ldirgandi. Uning klubga qo‘shilishi muxlislar tomonidan qizg‘in kutib olingan va hozirning o‘zidayoq o‘zini asosiy tarkibning muhim bo‘g‘ini sifatida namoyon etmoqda.

Jek Grilish avgust oyida Premer-liganing eng yaxshisi deb topildi

Eslatib o‘tish kerak, o‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi “Manchester Siti” safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 5 ta aniq golli pas uzatgan edi.

Grilishning Premer-ligada oy futbolchisi deb topilishi uning hozirgi yuqori formasidan va yangi klubidagi javobgarlikni muvaffaqiyatli bajarayotganidan dalolat bermoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.