“Bavariya” o‘z maydonida “Chelsi”ni yirik hisobda yengdi

“Bavariya” o‘z maydonida “Chelsi”ni yirik hisobda yengdi

UEFA Chempionlar ligasi 1-turida “Bavariya” o‘z uyida “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

“Bavariya” safida Txevo Chaloba (20\' – avtogol) va Garri Keyn (27\' – pen., 63\') gollarga mualliflik qildi. “Chelsi”ning yagona goli 29-daqiqada Koel Palmer tomonidan urildi.

O‘yinda “Bavariya” to‘pga 56% egalik qildi va 16 ta zarba yo‘lladi. “Chelsi” esa 9 ta zarba bilan kifoyalandi. Ushbu g‘alaba “Bavariya”ga guruhda 3 ochko keltirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.