Messi bu mavsum yana futboldan zavq ola boshlaganini ta’kidladi


Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi o‘tgan mavsum uning uchun og‘ir kechganini ta’kidlab o‘tdi.
«Men yana futbol zavq olishni boshladim. Bu mavsumni o‘tgan mavsumdagi ba’zi holatlarga qaramay, butunlay boshqacha kayfiyatda boshladim. Ularning barchasi maydon tashqarisida sodir bo‘lgandi. Jarohatlar, sport formamni yo‘qotib qo‘yishim. Ammo hozir barchasi butunlay boshqacha va meni buni qoniqtirmoqda».
«O‘tgan mavsum barqaror bo‘la olmadim. Bir muddat jarohat sabab o‘yinlarni o‘tkazib yubordim. Jarohatdan tuzalib safga qaytganimda esa o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsata olmadim. Men bu yilni tez unutish va yana o‘zimning eng yuqori darajamga chiqish uchun tinimsiz mehnat qilishga harakat qildim. Baxtimga hammasi o‘z iziga tushib ketdi», deya argentinalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













