"Manchester Siti birinchi bo‘limda Monakodan ustunlik qildi

"Manchester Siti birinchi bo‘limda Monakodan ustunlik qildi

Chempionlar Ligasi 1/8 finalida \"Monako\" va \"Manchester Siti\" uchrashuvi birinchi bo‘limdan so‘ng juda qiziqarli ko‘rinishda yakunlandi. O‘yin Fransiyada, \"Lui II\" stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki 45 daqiqada uchta gol urildi.

15-daqiqada Erling Holland \"Manchester Siti\"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada esa \"Monako\" futbolchisi Jeyms Teze hisobni tenglashtirdi. Ammo 44-daqiqada yana Holland o‘zining ikkinchi golini kiritib, ingliz klubini oldinga olib chiqdi.

Statistika shuni ko‘rsatadiki, \"Manchester Siti\" to‘liq ustunlikka ega: to‘p nazorati 72%ga qarshi 28%, paslar soni 403ga qarshi 154 va zarbalar 10taga qarshi 1ta.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.