"Real" "Vilyarreal"ni mag‘lub etdi va liderlikni mustahkamladi (video)

"Real" "Vilyarreal"ni mag‘lub etdi va liderlikni mustahkamladi (video)

La Liga 8-turida “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan markaziy bahsda “Real Madrid” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi, ammo ikkinchi bo‘limda “Real” faolroq harakat qildi. 47-daqiqada Vinisius Junior hisobni ochdi, 69-daqiqada u penaltidan ikkinchi golni urdi. 81-daqiqada esa Kilian Mbappening goli madridliklarga ishonchli yutuqni ta’minladi.

“Vilyarreal” safida yagona golni Jorj Mikautadze (73’) urdi. Ammo 77-daqiqada Santyago Mourino maydondan chetlatilib, mehmonlar 10 kishi bo‘lib qolishdi.

Statistika:

• Umumiy zarbalar: Real – 26, Vilyarreal – 9

• Aniq zarbalar: 7 – 2

• To‘p nazorati: 70% – 30%

• Paslar: 708 – 317

• Pas aniqligi: 91% – 80%

• Follar: 9 – 14

• Sariq kartochkalar: 2 – 2

• Qizil kartochkalar: 0 – 1

• Burchaklar: 4 – 0

G‘alabadan keyin “Real Madrid” 21 ochko bilan jadvalda 1-o‘rinda qoldi. “Barselona” 19 ochko bilan ikkinchi, “Vilyarreal” esa 16 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.