Abbos Fayzullayev Kuvaytga qarshi o‘yinda jarohat oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev Kuvayt termasiga qarshi bahs davomida jarohat oldi, deb yozmoqda championat.asia.
Uchrashuvning 21-daqiqasida u raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi va natijada tizzasidan lat yedi. Shu sababli, u maydonni tark etdi, o‘rniga esa Aziz Turg‘unboyev o‘yinni davom ettirdi.
Hozircha Abbos Fayzullayevning jarohati qanchalik og‘ir ekanligi noma’lum. Bu haqda aniq ma’lumot tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













