Gana JCH-2026 yo‘llanmasiga ega chiqdi, ishtirokchilar 21 taga yetdi

Afrika qit’asida Jahon chempionati–2026 saralash bosqichining \"I\" guruhi 10-tur bahslari yakunlandi. Gana terma jamoasi Chadga qarshi bellashuvda yirik hisobda g‘alaba qozondi — 5:0.
Bu natija orqali \"Qora yulduzlar\" 10 ta o‘yinda 25 ochko jamg‘arib, Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar soni 21 taga yetdi. Ular quyidagilar:
1. 🇺🇸 AQSH (mezbon)
2. 🇲🇽 Meksika (mezbon)
3. 🇨🇦 Kanada (mezbon)
4. 🇯🇵 Yaponiya
5. 🇳🇿 Yangi Zelandiya
6. 🇮🇷 Eron
7. 🇦🇷 Argentina
8. 🇺🇿 O‘zbekiston (debyut)
9. 🇰🇷 Janubiy Koreya
10. 🇯🇴 Iordaniya (debyut)
11. 🇦🇺 Avstraliya
12. 🇧🇷 Braziliya
13. 🇪🇨 Ekvador
14. 🇺🇾 Urugvay
15. 🇨🇴 Kolumbiya
16. 🇵🇾 Paragvay
17. 🇲🇦 Marokash
18. 🇹🇳 Tunis
19. 🇪🇬 Misr
20. 🇩🇿 Jazoir
21. 🇬🇭 Gana
Gana terma jamoasi so‘nggi yillarda Afrikadagi yetakchi futbol mamlakatlaridan biri sifatida yana bir bor o‘zini namoyon etdi. Endi \"Qora yulduzlar\" 2026 yilgi tarixiy musobaqada ham o‘z so‘zini aytishga tayyorlanmoqda.













