Terma jamoa bosh murabbiyi Kannavaro “Sho‘rtan” akademiyasida bo‘ldi

Terma jamoa bosh murabbiyi Kannavaro “Sho‘rtan” akademiyasida bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Superliga klublari faoliyati bilan yaqindan tanishishni boshladi. 17-oktyabr kuni u G‘uzorga tashrif buyurib, “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tgan “Mash’al” – “Xorazm” bahsini tribunadan kuzatdi.

Taniqli mutaxassis tashrif doirasida “Sho‘rtan” klubi va uning akademiyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Kannavaro yoshlar bilan muloqot qilib, ularning mashg‘ulot jarayonini ko‘zdan kechirdi va istiqboldagi rejalar haqida fikr almashdi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Kannavaro “Sho‘rtan” akademiyasida bo‘ldi

“Sho‘rtan” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi Kannavaroni samimiy kutib oldi. Tashrif chog‘ida unga klub ramzi tushirilgan 5-raqamli futbolka va “FC Shurtan” yozuvli sharf taqdim etildi.

Yosh futbolchilar bilan suhbat davomida Kannavaro ularni mehnatsevarlik va intizomga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, “futbolda eng muhimi — ishtiyoq va doimiy mehnat. Talantsiz ham emas, mehnatsiz ham natija bo‘lmaydi.”

Terma jamoa bosh murabbiyi Kannavaro “Sho‘rtan” akademiyasida bo‘ldi

“Sho‘rtan” akademiyasi tarkibidagi o‘quvchi va murabbiylar uchun bu uchrashuv katta ilhom manbaiga aylandi. Yoshlar jahon chempioni bilan suratga tushib, uning maslahatlarini tinglash imkoniga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasiga 2025-yil oktyabr oyida bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning asosiy maqsadi — jamoani jahon chempionati guruh bosqichiga munosib tayyorlash va mahalliy futbol infratuzilmasi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Terma jamoa bosh murabbiyi Kannavaro “Sho‘rtan” akademiyasida bo‘ldi

Kannavaroning “Sho‘rtan” akademiyasiga tashrifi shundan dalolat beradiki, u mamlakatdagi yoshlar futbolini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratishni boshlagan. Shuningdek, bu tashrif mahalliy klublar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi ilk amaliy qadam bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.