Shmeyxel “Manchester Yunayted” transfer siyosatini tanqid qildi

Shmeyxel “Manchester Yunayted” transfer siyosatini tanqid qildi

Sobiq “Manchester Yunayted” darvozaboni Peter Shmeyxel klub rahbariyatining transfer siyosatini tanqid qildi. U klub rahbarlari Rasmus Xyoylunn va Skott Maktominay kabi futbolchilarni qo‘yib yubormasligi kerak edi, deb hisoblaydi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Shmeyxelning fikricha, “Manchester Yunayted” Xyoylunnga yetarli yordam ko‘rsata olmadi. U: “Agar Xyoylunn bor bo‘lsa, nega Sheshkoni olib kelish kerak? Klub ikki yil davomida unga kerakli yordamni bera olmadi.

Hozir esa u Maktominay bilan birga \"Napoli\"da yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda”, – deya ta’kidladi Shmeyxel. Peter Shmeyxel 1991-yildan 1999-yilgacha “Manchester Yunayted” safida o‘ynagan.

Shuningdek, u kutilmagan ravishda “Manchester Siti” jamoasida ham faoliyat olib borgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.