“Real” 100 mln yevroga Aleksis Makallisterni xarid qilishni rejaladi

“Real” 100 mln yevroga Aleksis Makallisterni xarid qilishni rejaladi

Argentinalik yarim himoyachi va “Liverpul” futbolchisi Aleksis Makallister Ispaniya chempionatiga o‘tishi mumkin. Euro-football.ru yozishicha, Madridning “Real” klubi 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real” Makallisterni 2026-yil qishida xarid qilish ustida ish olib bormoqda. Agar “Liverpul” bilan kelishuvga erishilmasa, klub transferni 2026-yil yoziga qoldirishi mumkin.

Makallister 2023-yil yozidan beri Angliya jamoasida to‘p surmoqda. Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha davom etadi.

Transfermarkt mutaxassislari Aleksis Makallisterning bozor qiymatini 100 million yevro deb baholamoqda. Makallister Argentina terma jamoasida ham muntazam maydonga tushmoqda.

U 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblikka erishgan tarkibda ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.