“Bavariya” Kompani bilan shartnomani 2029-yilgacha uzaytirdi


Vensan Kompani Myunxenning “Bavariya” klubi bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytirdi. Avvalgi kelishuv 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.
Euro-football.ru ma\'lumotiga ko\'ra, klub rahbariyati Kompanini “Manchester Siti” o\'z safiga qo\'shib olishidan xavotirda edi. Xosep Gvardiola 2026/27-yilgi mavsumdan so‘ng “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.
Shu sababli ingliz klubi Kompaniga qiziqish bildirgan. “Bavariya” rahbariyati 39 yoshli murabbiy bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga qaror qilgan.
Kompani 2024-yil yozida “Bavariya” bosh murabbiyi bo‘ldi. Jamoa o‘tgan mavsumda Germaniya Bundesligasida g‘olib chiqqan.
Yangi mavsumda esa barcha musobaqalarda ketma-ket 12 ta o‘yinda g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













