Raul Yamalni “Oltin to‘p” so‘rovidagi 2-o‘rin bilan tabrikladi

Raul Yamalni “Oltin to‘p” so‘rovidagi 2-o‘rin bilan tabrikladi
"Real" jamoasining sobiq sardori Raul Gonsales "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. U Yamalni ajoyib futbolchi deb atab, yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda kamdan-kam uchraydigan yutuqlarga erishayotganini ta’kidladi.

Raulning so‘zlariga ko‘ra, endi Yamal bu muvaffaqiyatlarini mustahkamlashi kerak. Euro-football.ru ma'lumotiga ko‘ra, Raul Yamal kelajakda klubi va Ispaniya terma jamoasi uchun muhim futbolchiga aylanishiga ishonch bildirdi.

Yamal yaqinda "Oltin to‘p" sovrini uchun o‘tkazilgan so‘rovda ikkinchi o‘rinni egalladi. U bu natija bilan Usmon Dembelega yo‘l berdi.

Joriy yil 26-oktabr, yakshanba kuni Ispaniya chempionatida "Real" va "Barselona" klublari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. "El-Klasiko" o‘yini "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tkaziladi.

Yamal ushbu bahsda ham maydonga tushishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.