Manchester Yunayted 40 mln funtga Matetani xarid qilishni ko‘zlamoqda

Manchester Yunayted 40 mln funtga Matetani xarid qilishni ko‘zlamoqda
Manchester Yunayted klubi tarkibini kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni izlamoqda. Euro-football.ru yozishicha, klub Kristal Pelas hujumchisi Jan-Filipp Matetaga qiziqish bildirgan.

28 yoshli Mateta bilan Angliya Premer-ligasining yana ikki klubi — Tottenhem va Nyukasl ham qiziqmoqda. Hozirda Matetaning Kristal Pelas bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Futbolchi o‘z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishni xohlagani uchun shartnomani uzaytirishni rad etgan. Mutaxassislar Matetaning transfer narxi taxminan 40 million funt sterling (46 million yevro) atrofida bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Oktabr oyida Mateta Fransiya terma jamoasida debyut qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.