“Barselona” uchun yo‘qotish: Rafinya “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi

“Barselona” uchun yo‘qotish: Rafinya “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi

“Barselona” jamoasi muxlislari uchun yoqimsiz yangilik bor. Kataloniya klubi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan La Liganing 10-tur bahsida “Real” mehmoni sifatida maydonga tushadi.

Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, ushbu uchrashuvda jamoaning braziliyalik yarimhimoyachisi Rafinya ishtirok eta olmaydi.

28 yoshli futbolchi o‘ng sonidagi jarohatdan to‘liq sog‘aymagani sababli bugungi mashg‘ulotlarni ham o‘tkazib yuborgan.

Katta ehtimol bilan, u “El-Klasiko”da jamoasiga yordam bera olmaydi. Bellashuv 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.