Brentford o‘z maydonida Liverpulni mag‘lub etdi

Brentford o‘z maydonida Liverpulni mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida \"Brentford\" jamoasi o‘z maydonida kuchli raqib – \"Liverpul\"ni qabul qildi va muhim g‘alabaga erishdi. Uchrashuv Londondagi \"Gtech Community Stadium\"da bo‘lib o‘tdi va unda 3:2 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi.

\"Brentford\" safida gollarni Dango Uattara 5-daqiqada, Kevin Shade 45-daqiqada va Igor Tiago tomonidan 60-daqiqada (penalti) kiritildi. \"Liverpul\" esa Milosh Kerkes tomonidan 45+5-daqiqada va Muhammad Saloh tomonidan 89-daqiqada urilgan gollar bilan javob qaytardi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Liverpul to‘pni ko‘proq egallagan (66%) va 481 ta pas bajargan bo‘lsa-da, \"Brentford\" 17 ta zarba berib, hujumda faolroq harakat qildi. Ushbu natijadan so‘ng Liverpul 15 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi, Brentford esa 13 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.