"Manchester Siti" Gvardiolaning o‘rniga murabbiy qidirmoqda

"Manchester Siti" Gvardiolaning o‘rniga murabbiy qidirmoqda

\"Manchester Siti\" rahbariyati Xosep Gvardiolaning o‘rniga yangi murabbiy nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Hozirgi kunda ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qiladi va undan so‘ng u Angliyadagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotgani aytiladi.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, \"Siti\" klubi Gvardiolaning o‘rnini bosuvchi murabbiy sifatida sobiq sardor Vensan Kompani nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Yaqinda belgiyalik mutaxassis \"Bavariya\" bilan 2029-yilgacha yangi shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, \"Manchester Siti\" rahbariyati Gvardiola bilan xayrlashilsa, Kompanini qaytarish imkoniyatini sinab ko‘rmoqchi.

Ma’lumot uchun, Gvardiola 2016-yildan buyon \"Manchester Siti\" bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi. Vensan Kompani esa o‘tgan mavsum boshlanishidan oldin \"Bavariya\"ni boshqara boshlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.