Valverde kasalligiga qaramay "El Klasiko"da o‘ynadi

Valverde kasalligiga qaramay "El Klasiko"da o‘ynadi

Madridning \"Real\" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde La Liga 10-turida \"Barselona\"ga qarshi o‘yinda jamoasiga g‘alaba qozonishda yordam berdi (2:1). Urugvaylik futbolchi o‘zining odatiy bo‘lmagan pozitsiyasida, ya’ni himoyaning o‘ng qanotida harakat qildi.

27 yoshli yarim himoyachi 72-daqiqagacha maydonda o‘ynadi va so‘ng Dani Karvaxal bilan almashtirildi. Jurnalist Serxio Kirante ma’lumotlariga ko‘ra, \"El Klasiko\" oldidan Valverdening sog‘ligi yaxshi emas edi: unda gastroenterit aniqlangan edi.

Shunga qaramay, u hal qiluvchi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng \"Qirollik klubi\" Ispaniya chempionatida \"ko‘k-anorranglilar\"dan besh ochkoga ilgarilab oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.