Gavi "El-Klasiko"dagi mag'lubiyatga munosabat bildirdi

\"Barselona\" yarim himoyachisi Gavi jamoasining Madridning \"Real\" klubiga ’El-Klasiko’da 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin jamoadagi do‘stlarini qo‘llab-quvvatladi. 21 yoshli futbolchi o‘zi tizzasidan olgan jarohatdan tuzalish jarayonida bo‘lgani sababli o‘yinda qatnasholmadi.
\"Har doim sizlar bilanman, jonimni fido qilishga tayyorman\", – deb yozdi yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlarda va \"Barselona\" jamoasining \"Santyago Bernabeu\" stadionida olingan suratini ulashdi. Kataloniyaliklar safida yagona golni 38-daqiqada Fermin Lopes urdi.
Madridning \"Real\" klubi g‘alabasini esa Kilian Mbappe va Jud Bellingemning mos ravishda 22 va 43-daqiqalarda kiritgan gollari ta’minladi. Hans-Diter Flik boshchiligidagi \"Barselona\" hozirda La Liga jadvalida 10 turdan so‘ng 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam \"Real Madrid\"dan besh ochko orqada qolmoqda.













