De Zyerbi Pavarga qoʻllab-quvvatlashini bildirdi

\"Marsel\" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Liga 1ning to‘qqizinchi turida \"Lans\"ga qarshi safarda o‘tkazilgan o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Provansaliklar bu o‘yinda 1:2 hisobiga mag‘lub bo‘lishdi.
\"So‘nggi ikki muvaffaqiyatsizlikni Pavarning unchalik yaxshi bo‘lmagan harakatlari bilan izohlash mumkin. U so‘nggi vaqtlarda avtogollarga duch kelmoqda. Ammo Benjamen bu sababli o‘z ishonchini yo‘qotmasligi kerak. U bizning jamoamiz uchun muhim futbolchi.
U xotirjam bo‘lib, o‘z ustida ishlashda davom etishi lozim,\" - dedi bosh murabbiy Footmercato nashriga bergan intervyusida. De Zerbi shogirdlari to‘qqizta o‘yindan keyin 18 ochko to‘plashga erishdi.
Provans jamoasi Fransiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.













