Erling Holann magʻlubiyatdan keyin fikr bildirdi

Erling Holann magʻlubiyatdan keyin fikr bildirdi

Erling Holann magʻlubiyatdan keyin fikr bildirdi
Angliya Premer-ligasining toʻqqizinchi turida \"Manchester Siti\" safarda Birmingemning \"Aston Villa\" jamoasiga minimal hisobda, 0:1, magʻlub boʻldi. Ushbu natija yuzasidan \"shaharliklar\" hujumchisi Erling Holann oʻz fikrlarini bildirdi.

\"Kuchli raqibga qarshi qiyin oʻyin oʻtkazdik. Bizni qoʻllab-quvvatlash uchun kelgan barchaga rahmat,\" - dedi norvegiyalik hujumchi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Toʻqqiz turdan soʻng Xosep Gvardiola shogirdlari 16 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi. \"Shaharliklar\" peshqadam Londonning \"Arsenal\" jamoasidan olti ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.