PSJ yosh yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytiradi

PSJ yosh yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytiradi
PSJ jamoasi 19 yoshli yarim himoyachi Senni Meyulyu bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Lequipe nashri xabar berdi.

Manbaning maʼlumotiga koʻra, fransuz grandining rahbariyati Meyulyuning agenti bilan muzokaralarni boshlagan. Yosh futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yil oʻrtalarigacha amal qiladi.

Uning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Joriy Fransiya chempionati mavsumida Senni besh o‘yinda maydonga tushib, bir gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi.

Liga 1 musobaqasining sakkiz turidan soʻng PSJ 17 ochko toʻplab, turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.