Premier Liga tarixidagi eng kam Boxing Day o'yinlari

Premier Liga tarixidagi eng kam Boxing Day o'yinlari
Angliyada har yili 26-dekabr, ya'ni Boxing Day (Sovg'alar kuni) an'anaviy ravishda futbol uchrashuvlariga boy kun hisoblanadi. Odatda, bu kunda Angliya Premier Ligasi 18-turi doirasida bir qator uchrashuvlar o'tkaziladi.

Ammo bu yil asosiy o'yinlar kuni 27-dekabr, shanba kuniga belgilandi. The Times nashrining xabariga ko'ra, bu yil 26-dekabrda faqat bitta uchrashuv o'tkazilishi mumkin.

Bu esa 1945-yildan beri, ya'ni Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so'ng, Boxing Day uchun eng kam o'yinlar soni bo'ladi. So'nggi 80 yil ichida Boxing Day kunda eng kam uchrashuvlar 1981-yilda qayd etilgan edi, o'shanda faqat ikki o'yin o'tkazilgan edi.

Futbol ishqibozlari orasida Boxing Day atamasi tez-tez butun Rojdestvo va Yangi yil davridagi o'yinlar uchun ishlatiladi. Ammo bayramning o'zi faqat 26-dekabr kuni nishonlanadi.

Joriy mavsumda Premier Liga Boxing Day va undan keyingi o'yinlar uchun rasmiy taqvimni e'lon qilishni kechiktirmoqda. Bu holat taqvimni tuzishdagi qiyinchiliklar bilan izohlanmoqda.

Taqvim 15-oktabrda e'lon qilinishi kerak edi, ammo hozirgacha faqat yanvar oyi oxiriga qadar bo'lgan o'yinlar rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.