Van de Ven yetakchilikni oʻz zimmasiga olmoqda

Van de Ven yetakchilikni oʻz zimmasiga olmoqda
“Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa himoyachisi Mikki van de Venning joriy mavsumdagi formasi haqida fikr bildirdi. “Menimcha, u haqiqatdan ham oʻsishda davom etmoqda va katta qadamlar tashlamoqda.

Umuman olganda, men undan juda mamnunman. U yetakchilik vazifalarini tobora koʻproq oʻz zimmasiga olmoqda, himoyada ham oʻz tezligi bilan birga aniqroq pozitsiyalarni tanlash orqali yaxshiroq oʻynayapti.

Bu meni juda xursand qilmoqda”, – dedi Frankning soʻzlarini The Spurs Express keltiradi. Joriy mavsumda 24 yoshli van de Ven barcha turnirlarni hisobga olganda 13 oʻyinda maydonga tushib, 5 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qildi.

29-oktyabr kuni “Tottenxem” safarda “Nyukasl”ga qarshi oʻynaydi. Angliya Liga kubogi 1/8 final uchrashuvi Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.