Napoli de Breyne jarohati haqida bayonot berdi

Napoli de Breyne jarohati haqida bayonot berdi
Napoli yarim himoyachisi Kevin de Breyne Interga qarshi bahsda penalti amalga oshirayotganida ogʻir jarohat oldi. Belgiyalik futbolchi maydonni tark etishda qiyinchiliklarga duch keldi va unga yordam berildi.

Dushanba kuni Neapol klubining rasmiy saytida de Breynening holati haqida bayonot eʼlon qilindi. Klubning maʼlum qilishicha, tekshiruv natijasida o'ng sonning ikki boshli mushaklarida jiddiy yorilish aniqlangan.

Kevin allaqachon tiklanish dasturiga kirishgan, ammo 34 yoshli futbolchining maydonga qaytish muddati hozircha aniq emas. Eslatib oʻtamiz, Napoli Interni 3:1 hisobida magʻlub etdi.

Antonio Konte jamoasi A Seriyada Rim klubini qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.