Vinisius APLning top klublariga o'tishi mumkin


So\'nggi kunlarda Vinisius Juniorning kelajagi borasida ko\'plab mish-mishlar tarqalmoqda. Mish-mishlarga ko\'ra, braziliyalik futbolchi va Real Madrid bosh murabbiyi Xabi Alonso o\'rtasidagi yomon munosabatlar sababli Vinisius klubni tark etishi mumkin.
Bundan tashqari, Madrid klubi 2026-yilda futbolchini sotish ehtimolini ko\'rib chiqmoqda, chunki shartnoma uzaytirilmasa, bir yil o\'tib u erkin agentga aylanadi. The Sun gazetasining xabar berishicha, agar Vinisius \"Real\"ni tark etsa, Angliya Premer-ligasining \"katta oltitaligi\" vakillari – \"Arsenal\", \"Liverpul\", \"Manchester Siti\", \"Chelsi\", \"Manchester Yunayted\" va \"Tottenxem\" futbolchini qo\'lga kiritish uchun kurash olib boradi.
25 yoshli Vinisiusning transfer narxi Transfermarkt portaliga ko\'ra, 150 million yevroga baholanmoqda.













