Jahon chempioni Germaniya 7-ligasida faoliyatini davom ettiradi

Jahon chempioni Germaniya 7-ligasida faoliyatini davom ettiradi
2014-yilgi Jahon chempionati gʻolibi, Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kevin Grosskroyts hali ham butsalarini mixga ilishga shoshilmayapti. Bu haqda Kicker portali xabar bermoqda.

2021-yil yanvarida Grosskroyts faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. Shunga qaramay, u keyinchalik ikki marta jamoasini oʻzgartirib, Germaniyaning quyi ligalarida maydonga tushdi va bir vaqtning oʻzida oʻz jamoalarining murabbiylar shtabida ham faoliyat yuritdi.

37 yoshli Grosskroyts yaqin kunlarda Germaniyaning 7-divizionida oʻynaydigan "Ayxlingxofen" jamoasi sharafini himoya qiladi. U bilan shartnoma mavsum oxiriga qadar imzolangan.

Sobiq futbolchi avvalroq Dortmundning "Borussiya" jamoasi tarkibida oʻynab, ikki marta Germaniya chempioni boʻlgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.