Yuventus gʻalabasiz seriyani toʻxtatdi

Yuventus gʻalabasiz seriyani toʻxtatdi

Yuventus gʻalabasiz seriyani toʻxtatdi
A Seriya doirasidagi toʻqqizinchi tur uchrashuvida Turinning \"Yuventus\" jamoasi oʻz maydonida \"Udineze\"ni qabul qildi. Oʻyin mezbonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Ushbu natija \"Yuventus\"ga barcha musobaqalardagi sakkizta oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyani toʻxtatishga imkon berdi. Jamoa soʻnggi marta 13-sentabr kuni \"Inter\"ni 4:3 hisobida magʻlub etgan edi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, \"Udineze\"ga qarshi oʻyin \"Keksa sinyora\" uchun bosh murabbiy Igor Tudor isteʼfosidan keyingi birinchi uchrashuv boʻldi. Hozirgi vaqtda \"Yuventus\" Italiya chempionati turnir jadvalida 9 ta oʻyindan keyin 15 ochko bilan yettinchi oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.