Gvardiola: Xolandning oʻyinda qatnashishi nomaʼlum

Gvardiola: Xolandning oʻyinda qatnashishi nomaʼlum

Gvardiola: Xolandning oʻyinda qatnashishi nomaʼlum
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Erling Xolandning Angliya Premer-ligasining navbatdagi oʻyinida ishtirok etishi nomaʼlumligini maʼlum qildi. Norvegiyalik futbolchi \"Suonsi\"ga qarshi Liga kubogi uchrashuvini oʻtkazib yubordi.

Oʻyindan oldin Gvardiola Xolandning sogʻligʻida kichik muammolar borligini aytgan edi. Mazkur uchrashuvdan keyin murabbiy \"shaharliklar\" muxlislarini xursand qiladigan yangilik bera olmadi: \"Xoland navbatdagi oʻyinga tayyor boʻladimi?

Hozircha bilmayman. Koʻramiz,\" — dedi Gvardiola.

Eslatib oʻtamiz, \"Manchester Siti\" safarda \"Suonsi\"ni 3:1 hisobida magʻlub etdi. Gvardiolaning jamoasi 2-noyabr kuni Premer-ligada \"Bornmut\"ga qarshi oʻz maydonida oʻynaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.