Skoulz o‘g‘li uchun televideniyedan ketdi

Skoulz o‘g‘li uchun televideniyedan ketdi
Manchester Yunaytedning sobiq futbolchisi Pol Skoulz televideniyedagi ekspertlik faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. 50 yoshli Skoulz endi o‘g‘li bilan ko‘proq vaqt o‘tkazmoqchi.

Uning o‘g‘li Aydenga yoshligida autizm tashxisi qo‘yilgan. "Men bu qarorni Aydan uchun qabul qildim.

Men uning kun tartibini qatʼiy ravishda kuzatib boraman", - dedi Skoulz. Futbolchi sifatida Pol Skoulz butun faoliyatini Manchester Yunaytedda o‘tkazgan.

"Qizil iblislar" safida u 716 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 155 ta gol urgan va jamoadoshlariga 82 ta golli uzatma bergan. Shuningdek, Angliya milliy terma jamoasida 66 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.