Spaletti - "Yuventus" bosh murabbiyi

Spaletti - "Yuventus" bosh murabbiyi
"Yuventus" klubining yangi bosh murabbiyi sifatida kutilganidek, 66 yoshli italiyalik mutaxassis Luchano Spaletti tayinlandi. Klubning rasmiy saytida eʼlon qilingan xabarga koʻra, murabbiy bilan shartnoma 2026 yilning oʻrtalariga qadar imzolangan.

"Yuventus" matbuot xizmati Spalettini tabriklab, unga murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Eslatib oʻtamiz, Luchano Spaletti oxirgi besh oy davomida murabbiylik faoliyatini toʻxtatgan edi.

U bunga qadar Italiya terma jamoasini boshqargan. "Yuventus" yaqinda Igor Tudor bilan hamkorlikni yakunlagan edi.

Hozirda "keksa sinyora" Italiya chempionati jadvalida ettinchi oʻrinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.