Barselona darvozaboni: Ronaldu eng mashhur odam

Barselona darvozaboni: Ronaldu eng mashhur odam
Barselona klubi darvozaboni Voytsex Shchesni o'z telefonidagi eng mashhur odamni ma'lum qildi. Unga ko'ra, bu besh karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronaldu.

"Telefonimdagi eng mashhur odam kim? Ronaldu.

Ammo unga qo'ng'iroq qilmayman. Ishonavering, uning raqami telefonimda bor", - dedi polshalik futbolchi Barca Universal nashriga bergan intervyusida.

Shchesni va Krishtianu Ronaldu avval Turinning Yuventus jamoasida birga to'p surishgan. Ayni paytda 40 yoshli portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining Al-Nasr klubi sharafini himoya qilmoqda.

Uning shartnomasi 2027 yilning iyun oyigacha amalda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.