Spaletti - "Yuventus" uchun yagona tanlov

Spaletti - "Yuventus" uchun yagona tanlov
Italiyalik jurnalist Entso Palladini sobiq "Zenit" bosh murabbiyi Luchano Spalettining "Yuventus" bosh murabbiyi etib tayinlanishi yuzasidan fikr bildirdi. "Bu mantiqiy va kutilgan qaror.

Menimcha, Tuddorning isteʼfosidan soʻng Spaletti darhol "Yuventus" uchun yagona real nomzod boʻldi. Luchanoning A Seriyaga qaytishi - katta voqea", - dedi jurnalist "Sport-Ekspress" nashriga.

Maʼlum boʻlishicha, mashhur mutaxassis "Keksa sinyora" bilan bugungi mavsum yakunigacha shartnoma imzolagan. Italiya A Seriyasining toʻqqizinchi turidan keyin "Yuventus" 15 ochko toʻplab, turnir jadvalida yettinchi oʻrinda bormoqda.

Turin klubi peshqadam "Napoli"dan olti ochkoga ortda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.