Barselona va Real La Liga yulduzini nishonga oldi

Barselona va Real La Liga yulduzini nishonga oldi
Ispaniyaning “Levante” klubida toʻp surayotgan 22 yoshli kamerunlik hujumchi Etta Eyon oʻz klubini mavsum oxirida tark etishi mumkin. Mundo Deportivo xabariga koʻra, futbolchi uchun “Barselona” va “Real Madrid” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Angliya Premyer-ligasining uch grandi — “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” ham Eyon xizmatlariga qiziqish bildirgan. Hujumchi oʻzi jamoasini yanvar oyida tark etishni xohlayotgan boʻlsa-da, koʻproq ehtimol bilan bu transfer 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin amalga oshadi, agar qaysidir jamoa yanvarda uni oʻz safiga qoʻshishga jur’at etmasa.

Joriy mavsumda La Ligadagi oʻyinlarda Eyon 10 ta uchrashuvda 6 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinda bormoqda. U faqat Kilian Mbappedan ortda qolmoqda.

Bundan tashqari, futbolchi oʻz hisobiga 3 ta golli uzatmani ham yozdirib qoʻygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.