Barselona Reshfordni xarid qilishi mumkin

Barselona Reshfordni xarid qilishi mumkin

Barselona Reshfordni xarid qilishi mumkin
Kataloniyaning \"Barselona\" klubi ingliz hujumchisi Markus Reshfordning o‘yin saviyasidan mamnun. \"Ko‘k-anorranglilar\" 28 yoshli futbolchini \"Manchester Yunayted\"dan sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda. Transfer faqat bir shart bilan amalga oshishi mumkin — agar Markus maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lsa.

Chunki \"Barselona\"da unga \"Manchester Yunayted\"da taklif qilingan shartlarni ta’minlash imkoniyati yo‘q. Reshford 2025 yil yozida \"qizil iblislar\"dan \"ko‘k-anorranglilar\" safiga ijara asosida kelgan edi.

Uning shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Joriy mavsumda Markus La Liga doirasida o‘nta o‘yinda maydonga tushdi.

U bir gol urib, to‘rtta golli uzatma amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.