Donnarumma: Balotellining Man Siti haqida fikri

Donnarumma: Balotellining Man Siti haqida fikri
Manchester Siti darvozaboni Janluiji Donnarumma klub bilan shartnoma imzolashdan oldin Mario Balotelli bilan maslahatlashganini esladi. "Men Marioga Italiya terma jamoasidan yaxshi tanishman.

U menga Manchester Siti haqiqatan ham ajoyib klub ekanligini aytdi. Aslida, men suhbatlashgan klubning barcha sobiq futbolchilari faqat ijobiy fikr bildirishdi.

Bu mening qarorimni ancha osonlashtirdi. Umid qilamanki, bu yerda ko'p yillar davomida o'ynab, klub tarixining bir qismiga aylanaman", – dedi Donnarumma City Report nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, "shaharlar" sentyabr oyining boshida italiyalik darvozabonni PSJdan sotib olishdi. Mario Balotelli esa Manchester Sitida 2010 yil yozidan 2013 yil boshigacha faoliyat olib borgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.