Frank: "Tottenxemning bu antirekordi meni hayratga soldi"


Tottenxem bosh murabbiyi Tomas Frank APL doirasida Chelsi bilan kechgan o\'yinda (0:1) jamoasining hujumdagi zaif o\'yinidan hafsalasi pir bo\'lganini bildirdi. \"Shporlar\" butun o\'yin davomida Chelsi darvozasiga atigi uch marta zarba yo\'llashga muvaffaq bo\'ldi.
Jamoaning umumiy xG ko\'rsatkichi esa bor-yo\'g\'i 0,05ni tashkil etdi. Bu Tottenxem tarixidagi APL bo\'yicha eng past ko\'rsatkich sifatida qayd etildi.
\"Bu, albatta, juda yoqimsiz holat. Avvallari mening jamoalarim hech qachon bunday kam gol urish imkoniyatlarini yaratishmagan.
Vaziyatni yaxshilash uchun qo\'limdan kelganini qilaman\", – dedi Frank o\'yindan keyin bergan intervyusida. Chelsi safidagi yagona golni esa Joao Pedro 34-daqiqada kiritdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













