Lunin: "Real" meni qoʻllab-quvvatladi

Lunin: "Real" meni qoʻllab-quvvatladi

Lunin: "Real" meni qoʻllab-quvvatladi
Madridning \"Real\" klubi darvozaboni Andrey Lunin \"Barselona\"ga qarshi oʻyinda sodir boʻlgan qizil kartochka epizodiga jamoadoshlarining munosabati haqida gapirdi. Darvozabon qoʻshimcha vaqtda kataloniyaliklar zaxira oʻyinchilariga \"Oʻtiring\" deb baqirganligi sababli toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka bilan jazolangan edi.

\"Bu epizodda hech qanday qizil kartochka boʻlmagan. Klub apellyatsiya berdi.

Meni faqat maqtashdi\", - dedi Lunin mahalliy ijtimoiy tarmoqlarga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, futbolchi butun oʻyinni zaxirada oʻtkazdi.

\"Real\" \"Barselona\"ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuv, shuningdek, Vinisiusning almashtirilishiga bildirilgan noroziligi bilan ham yodda qoldi.

Keyinchalik madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso bu masala hal qilinganini maʼlum qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.