Grizmann La Ligada 200-golini urdi

Grizmann La Ligada 200-golini urdi

Grizmann La Ligada 200-golini urdi
Ispaniya chempionatining 11-turida Madridning \"Atletiko\" jamoasi o\'z maydonida \"Sevilya\"ni 3:0 hisobida mag\'lub etdi. Uchrashuvning so\'nggi golini madridliklar veteran hujumchisi Antuan Grizmann kiritdi.

Fransuz futbolchisi 90-daqiqada gol urib, uchrashuvga nuqta qo\'ydi. Mazkur gol Grizmann uchun La Ligadagi faoliyati davomida 200-gol bo\'ldi.

U nafaqat \"Atletiko\" safida, balki ilgari \"Real Sosedad\" va \"Barselona\" jamoalari tarkibida ham gol urgan edi. Shuningdek, Grizmann La Liga tarixida 200 ta gol kiritgan bor-yo\'g\'i 11-o\'yinchi bo\'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.