Real Gülerning 75-oʻyin bonusi uchun 2 mln toʻlaydi


Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida Madridning \"Real\" klubi \"Valensiya\" ustidan 4:0 hisobida yirik gʻalabaga erishdi. Ushbu oʻyinda \"Real\"ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Güler ham maydonga tushdi.
Bu bellashuv Güler uchun \"Qirollik klubi\" tarkibidagi 75-oʻyin boʻldi. Diario ASning maʼlumotiga koʻra, \"Real\" rahbariyati ushbu oʻyindan soʻng \"Fenerbahche\" klubiga 2 million yevro bonus toʻlashi kerak.
Eslatib oʻtamiz, Güler 2023-yilning yozida Madrid klubiga transfer qilingan edi. U \"Real\" safida oʻtkazgan 75 oʻyinda 15 ta gol urib, 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining shartnomasi 2029-yil oʻrtalarigacha moʻljallangan boʻlib, uning transfer qiymati hozirda 60 million yevroga baholanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













