Oksleyd-Chemberleyn "Arsenal"da mashgʻulot oʻtkazmoqda


32 yoshli yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberleyn hozirda oʻzining sobiq klubi, Londonning \"Arsenal\" jamoasi tizimida mashgʻulot oʻtkazmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Futbolchi asosan klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasi bilan birga shugʻullanmoqda. Eslatib oʻtamiz, Oksleyd-Chemberleyn oʻtgan yozda Istanbulning \"Beshiktosh\" jamoasini tark etgan va hozirda erkin agent hisoblanadi.
U futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qilmagan. Oksleyd-Chemberleyn \"Sautgempton\" akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2011-yildan 2017-yilgacha \"Arsenal\" safida oʻynagan.
\"Kanonirlar\" safida u barcha musobaqalarda 130 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2017-yildan 2023-yilgacha \"Liverpul\"da, 2023-yildan 2025-yilgacha esa \"Beshiktosh\"da faoliyat yuritgan.













