De Bruyne muxlislarga murojaat qildi

De Bruyne muxlislarga murojaat qildi
Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bruyne ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislarga murojaat qilgan post eʼlon qildi. "Hammaga salom!

Oʻzingiz bilganingizdek, bir muddat oʻynay olmayman. Yaxshi xabar shundaki, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi.

Tiklanish jarayonim allaqachon boshlandi. Xabaringiz va qoʻllab-quvvatlashingiz uchun barchaga rahmat", - deb yozdi "Napoli" futbolchisi.

Avvalroq De Bruyne jarohati tufayli taxminan toʻrt oyga safdan chiqqani haqida xabar qilingan edi. Kutilishicha, u maydonga bahor oylarida qaytadi.

Kevin de Bruyne "Napoli" safida A Seriyada sakkizta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.