Manchester Yunayted 100 mln yevro taklif qilmoqda


Manchester Yunayted \"Brayton\" yarim himoyachisi Karlos Balebani sotib olish rejasidan voz kechgani yoʻq. Klub ushbu futbolchini oʻtgan yozda ham tarkibga qoʻshmoqchi boʻlgan, ammo \"Chaykalar\" oʻz yulduzini sotishga rozi boʻlmagan edi.
Indykaila News maʼlumotlariga koʻra, hozirda tomonlar kamerunlik futbolchining 2026-yilda Manchester Yunaytedga oʻtishi mumkinligini muhokama qilmoqda. Angliya klubi 21 yoshli Baleba uchun 90 million funt sterling (taxminan 103 million yevro) toʻlashga tayyor.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining hozirgi narxi 60 million yevroga teng. Balebaning \"Brayton\" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha davom etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













