Kairat bosh murabbiyi: Inter bilan o'yin murakkab bo'ladi

Kairat bosh murabbiyi: Inter bilan o'yin murakkab bo'ladi
Kairat jamoasining bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin Chempionlar ligasi doirasida Milan Interiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida fikr bildirdi. Chempionlar ligasining umumiy bosqichining to'rtinchi tur uchrashuvi 5-noyabr kuni Italiyada bo'lib o'tadi.

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. "O'yin murakkab bo'ladi, ammo biz uchun jasur, intizomli va yaxshi tashkil etilgan o'yin ko'rsatish juda muhimdir.

Shuningdek, bizga beriladigan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz kerak, bunga ishonamiz", – dedi Urazbaxtin "Chempionat" nashriga bergan intervyusida. Mutaxassisning qo'shimcha qilishicha, Kairat ushbu uchrashuvga ijobiy kayfiyatda yaqinlashmoqda, chunki jamoa yaqinda Qozog'iston chempioni bo'ldi.

Chempionlar ligasi turnir jadvalida Kairat 34-o'rinni egallab turibdi (1 ochko), Inter esa uchinchi o'rinda (9 ochko).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.