Arsen Zaxaryan sogʻligʻi haqida yangi maʼlumot


Ispaniyaning nufuzli Marca nashri Arsen Zaxaryanning sogʻligʻi haqida yangi maʼlumot berdi. Ispaniya chempionati doirasida \"Atletik\"ka qarshi oʻyinda maydonga zaxiradan tushgan Zaxaryan keyinchalik oʻz oʻrnini boshqa futbolchiga boʻshatdi.
Nashrga koʻra, 22 yoshli rossiyalik yarim himoyachi jamoaning seshanba kuni boʻlib oʻtgan mashgʻulotida ishtirok etmadi. Ehtimol, u \"Real Sosyedad\"ning juma kuni, 7-noyabrda \"Elche\"ga qarshi oʻyinida maydonga tusha olmaydi.
\"Atletik\" bilan oʻyindan soʻng jamoaning tibbiy xizmati Zaxaryanning jarohati yoʻqligini, biroq noqulaylik sezganini maʼlum qilgan edi. Ayni paytda \"Real Sosyedad\" La Liga turnir jadvalida 14-oʻrinni band etib turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













