"Liverpul" kecha "Real"ni mag‘lub etib rekord o‘rnatdi


Chempionlar ligasining guruh bosqichida \"Liverpul\" oʻz maydonida Madridning \"Real\" klubini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni argentinalik yarim himoyachi Aleksis Makallister kiritdi.
Stata Football maʼlumotlariga koʻra, \"Liverpul\" \"Real\"ga qarshi oʻyinlarda eng koʻp \"quruq\" gʻalaba qayd etgan klub hisoblanadi. Mersisaydliklar Chempionlar ligasi doirasida raqiblarini besh marta magʻlub etib, oʻz darvozalarini daxlsiz saqlab qolishgan.
Kecha erishilgan gʻalabadan soʻng Arne Slot shogirdlari turnir jadvalida toʻqqiz ochko toʻplab, oltinchi oʻringa koʻtarilishdi. Keyingi turda \"Liverpul\" oʻz maydonida Niderlandiyaning PSV klubiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













