Soboslai Virtsni oʻyin uchun maqtadi

Soboslai Virtsni oʻyin uchun maqtadi
“Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai Chempionlar ligasining soʻnggi oʻyinida “Real”ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻz jamoadoshi Florian Virtsning oʻyiniga yuqori baho berdi. “Florian Virtsni alohida taʼkidlamoqchiman.

U qanday oʻynadi! U toʻxtovsiz harakat qildi, toʻplarni qayta egalladi, ortga qaytib himoyaga yordam berdi, oʻz imkoniyatlarini yaratdi va hatto menga deyarli golli uzatma ham berdi.

Unga rahmat aytaman!”, – dedi Soboslai CBSga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, yozgi transfer oynasida “Liverpul” 22 yoshli Virtsni 125 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshib olgan edi.

U hozircha “qizillar” safida gol urmagan boʻlsa-da, 15 oʻyinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.