David Rayya 50-quruq o'yinga erishdi

David Rayya 50-quruq o'yinga erishdi
Londonning "Arsenal" futbol klubi darvozaboni David Rayya rasmiy o'yinlarda 50-marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Chempionlar Ligasi doirasida Praganing "Slaviya" jamoasiga qarshi kechgan va 3:0 hisobida yakunlangan uchrashuv Rayya uchun ushbu ajoyib natijani qayd etgan o'yin bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Rayya joriy mavsumda barcha musobaqalarda atigi uchta gol o'tkazib yuborgan. Shulardan faqat bittasi o'yindan – "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand tomonidan kiritilgan.

Qolgan ikkita gol esa "Liverpul" va "Nyukasl" jamoalariga qarshi safar o'yinlarida standart vaziyatlardan urilgan. "Arsenal" oxirgi marta 28-sentabr kuni gol o'tkazib yuborgan edi.

O'shanda APLning oltinchi turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (2:1) raqib safidan Nik Vultemade gol urgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.