Inter himoyachisi Tottenxem safiga o'tishi mumkin


Milanning \"Inter\" klubi markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissek faoliyatini APLning kuchli oltitaligiga kiruvchi \"Tottenxem\" klubida davom ettirishi mumkin. Italiyaning Gazzetta dello Sport gazetasining xabariga ko\'ra, himoyachining so\'nggi paytlardagi kuchli o\'yinlari Angliya Premer-ligasi klublarining qiziqishini yana o\'yg\'otgan.
Hozirda uning transferi bo\'yicha asosiy da\'vogar \"Tottenxem Hotspur\" hisoblanmoqda. Shu yilning yozida futbolchiga boshqa bir London klubi – \"Kristal Pelas\" ham qiziqish bildirgan edi, biroq o\'shanda kelishuv amalga oshmagan.
Oʻyinchining oʻzi ham ushbu transferni faol qoʻllab-quvvatlamoqda. Maʼlumotlarga koʻra, \"Tottenxem\"ga oʻtish perspektivasi futbolchi va uning yaqinlari uchun \"qiziqarli\" koʻrinmoqda, bu esa uning Angliyaga koʻchib oʻtishga tayyorligini anglatadi.













