Ashraf Hakimi jarohatdan keyin izoh qoldirdi


PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi doirasida \"Bavariya\"ga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat oldi. Oradan bir sutka oʻtib, marokashlik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirdi.
\"Yiqilishlar – yoʻlning bir qismi, ammo qaytishlar kuchni namoyon etadi. Menga xabar yoʻllagan barcha insonlarga rahmat!\" – deb yozdi Hakimi.
Avvalroq PSJ Hakimining jarohati haqida maʼlumot bergan edi. Matbuotga koʻra, futbolchi tiklanishi uchun bir yarim oydan ikki oygacha vaqt kerak boʻladi.
PSJ seshanba kuni \"Bavariya\"ga oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, muxlislarini xafa qildi. Parijliklarning navbatdagi oʻyini 9-noyabr kuni safarda \"Lion\"ga qarshi boʻlib oʻtadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













